Botifiga qanday qilib bot qo'shish mumkin?
Botifi tizimiga bot qo'shish uchun sizga bot tokeni kerak bo'ladi. Tokenni @BotFather yordamida olish mumkin, agar sizda hali bot bo'lmasa, uni yaratishingiz va yangi botingizning tokenini olishingiz mumkin.
Tizimda botni qanday ro'yxatdan o'tkazish mumkin?#
Bot qo'shish formasiga o'ting. Telegram > Bot qo'shish
Telegram blokidagi ko‘k rangli “Qo‘shish” tugmasini bosing
Shundan so'ng, yangi bot qo'shish shakli ochiladi. @BotFather tomonidan berilgan tokenni kiriting
Agar kiritilgan token to'g'ri bo'lsa, o'ng tarafdagi Token maydonida tekshirish uchun bot haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Maqola foydali bo’ldimi?